Koreyada taʼlim olişni rejalaştiryapsizmi?
Til kurslari, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlaridan tortib, öqişga hujjat topşiriş, stipendiyalar, talabalik vizasi, öqiş davomida işlaş hamda bitirgandan keyingi imkoniyatlargaça: barça muhim maʼlumotlar bir joyda.

Koreyada oliy taʼlim olişning ikki asosiy yöli mavjud: til kurslari orqali tayyorgarlik köriş yoki bevosita oliy taʼlim dasturiga kiriş.
Agar koreys tilini biliş darajangiz yetarli bölmasa, avval universitet qoşidagi til markazida koreys tilini örganiş (D-4-1 vizasi), söngra bakalavriat (D-2-2), magistratura (D-2-3) yoki doktorantura (D-2-4) dasturiga kiriş mumkin. Til va boşqa qabul talablariga javob beradigan nomzodlar esa tegişli taʼlim dasturiga bevosita hujjat topşirişlari mumkin.
Koreyada taʼlim oliş uçun talab etiladigan viza turi tanlangan taʼlim dasturiga boğliq. Universitet qoşidagi koreys tili kurslarida öqiş uçun D-4-1 vizasi, oliy taʼlim, ilmiy tadqiqot va talabalar almaşinuvi dasturlarida iştirok etiş uçun esa tegişli turdagi D-2 vizasi rasmiylaştiriladi.
| Mezon | D-4-1: Koreys tili kursi | D-2: Oliy taʼlim |
|---|---|---|
| Kimlar uçun? | Universitet qoşidagi koreys tili markazlarida tahsil oluvçilar | Kollej, bakalavriat, magistratura, doktorantura, ilmiy tadqiqot va talabalar almaşinuvi dasturlari iştirokçilari |
| Asosiy hujjatlar | Qabul xati, moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjat, pasport, avvalgi taʼlim bosqiçini tasdiqlovçi hujjat va boşqalar | Standart qabul xati, moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjat, pasport, avvalgi taʼlim bosqiçini tasdiqlovçi hujjat va boşqalar |
| Koreyada qoliş muddati | Til kursining davomiyligiga qarab belgilanadi va tegişli şartlar asosida uzaytiriladi. | Taʼlim dasturi va öqiş bosqiçiga qarab belgilanadi hamda uzaytiriladi. |
| Öqiş davomida işlaş | Kelganidan 6 oy ötgaç, talablar bajarilsa ruxsat oliş mumkin (08-bölim). | Aksariyat D-2 viza turlarida belgilangan talablar bajarilgan taqdirda, öqişning boşidanoq işlaş uçun ruxsat oliş mumkin. |
Muhim eslatma: D-4-1 yoki D-2 vizasiga ega böliş avtomatik ravişda işlaş huquqini bermaydi. Öqiş davomida işlaş uçun tegişli talablarni bajariş va immigratsiya organlaridan oldindan ruxsat oliş zarur. Viza rasmiylaştiriş talablari va zarur hujjatlar röyxati özgarişi mumkin.
Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea | Hi Korea | Korea Visa Portal
Muhim: hujjat topşirişdan oldin universitetni tekşiring
Koreyada taʼlim oliş uçun universitet tanlaşda nafaqat uning nufuzi, taʼlim sifati va öqiş xarajatlariga, balki xorijiy talabalarni qabul qiliş hamda viza rasmiylaştiriş bilan boğliq holatiga ham eʼtibor beriş zarur.
Koreya Taʼlim vazirligi xorijiy talabalarni jalb qiliş va ularning taʼlim olişi uçun yaratilgan şaroitlarni muntazam ravişda baholab boradi. Belgilangan talablarga javob bermagan oliy taʼlim muassasalariga xorijiy talabalar uçun viza beriş böyiça çeklovlar qöllanilişi mumkin.
2026-yil 12-fevralda eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotga köra, xorijiy talabalarni qabul qiliş va boşqariş böyiça belgilangan talablarga javob bermagan 20 ta oliy taʼlim muassasasiga viza beriş böyiça çeklovlar belgilandi:
Mazkur çeklovlar 2026-yil kuzgi semestridan boşlab bir yil davomida amal qiladi.
Hujjat topşiriş va öqiş tölovini amalga oşirişdan oldin quyidagilarni tekşiring:
Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea | Koreya Taʼlim vazirligining rasmiy eʼloni
Koreyada taʼlim oliş uçun viza rasmiylaştirişda qabul xati bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjatlar ham muhim ahamiyatga ega.
Nomzod öqiş tölovi va Koreyada yaşaş xarajatlarini qoplaş uçun yetarli mablağga ega ekanligini bank hisobidagi mablağ töğrisidagi maʼlumotnoma, stipendiya ajratilganligini tasdiqlovçi hujjat yoki homiylik hujjatlari orqali tasdiqlaşi lozim.
| Viza turi | Moliyaviy talab (umumiy möljal) | Izoh |
|---|---|---|
| D-4-1: Koreys tili kursi | 8–10 mln von | Universitet joylaşgan hudud va kurs davomiyligiga qarab farq qilişi mumkin. |
| D-2: Oliy taʼlim dasturi | 16–20 mln von | Universitet, taʼlim dasturi va viza rasmiylaştiriş talablariga qarab farq qilişi mumkin. |
Eslatma: Jadvaldagi summalar umumiy möljal sifatida keltirilgan. Özbekiston fuqarolari uçun alohida moliyaviy talablar belgilanişi mumkin.
Hujjat topşirişdan oldin albatta tekşiring
Moliyaviy imkoniyatni tasdiqlaş uçun talab etiladigan mablağ miqdori, uni bank hisobida saqlaş muddati, bank maʼlumotnomasining amal qiliş muddati hamda qöşimça hujjatlarga oid talablar özgarişi mumkin.
Özbekiston Respublikasidagi Koreya Respublikasi elçixonasi 2026-yil 11-iyunda talabalik vizasi uçun zarur hujjatlar va arizalarni körib çiqiş mezonlariga oid yangilangan maʼlumotlarni koreys, özbek va rus tillarida eʼlon qilgan.
Rasmiy maʼlumot manbalari: Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi: talabalik vizasi talablari | Study in Korea: viza va Koreyada yaşaş tartibi
Koreyada taʼlim olişga tayyorgarlikni imkon qadar erta boşlaş tavsiya etiladi. Universitet va taʼlim dasturini tanlaşdan boşlab, viza rasmiylaştiriş va Koreyaga kelgandan keyingi rasmiy jarayonlargaça quyidagi bosqiçlarni hisobga oling.
Öqiş boşlanişidan 6–12 oy oldin tayyorgarlikni boşlaş tavsiya etiladi. Universitetning taʼlim sifati, sertifikatlanganlik holati, qabul talablari, öqiş tölovi, joylaşgan hududi, yotoqxona şaroitlari va stipendiya imkoniyatlarini örganing hamda özaro taqqoslang.
Universitet va taʼlim dasturiga qarab quyidagi asosiy hujjatlar talab qilinişi mumkin:
Koreya universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlariga qabul odatda yiliga ikki marta, bahorgi (mart) va kuzgi (sentyabr) semestrlar uçun amalga oşiriladi.
Universitet qoşidagi koreys tili markazlarida esa odatda yiliga tört marta, bahor, yoz, kuz va qiş fasllarida yangi öquv davri boşlanadi.
Hujjatlarni qabul qiliş muddatlari öqiş boşlanişidan bir neça oy oldin belgilanişi sababli universitetning rasmiy qabul jadvalini oldindan tekşiring.
Universitetga qabul qilinganingizdan söng, belgilangan tartibda öqiş tölovini amalga oşiring. Universitet viza rasmiylaştiriş uçun zarur bölgan standart qabul xatini (표준입학허가서, Standard Admission Letter) va boşqa tegişli hujjatlarni taqdim etadi.
Qabul xati va boşqa zarur hujjatlar asosida tegişli D-4-1 yoki D-2 vizasiga ariza topşiring.
Viza uçun hujjatlar Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi belgilagan tartibda topşiriladi. Ayrim hollarda universitet orqali viza berişni tasdiqlovçi hujjat (사증발급인정서) rasmiylaştirilişi mumkin.
Sil (tuberkulyoz) kasalligi böyiça tibbiy maʼlumotnoma talab etilgan hollarda elçixona tomonidan belgilangan tibbiyot muassasasiga murojaat qiliş lozim.
Viza olganingizdan söng, Koreyaga safar qiliş, turar joy, yotoqxonaga joylaşiş va öqişni boşlaş bilan boğliq tayyorgarlik işlarini amalga oşiring.
Kelganingizdan keyin 90 kun içida xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötiş şart (09-bölimga qarang).
Köplab universitetlarning xalqaro aloqalar bölimlari xorijiy talabalarga uşbu jarayonda amaliy yordam körsatadi.
Muhim eslatma
Universitetga qabul qiliniş talabalik vizasi albatta berilişini anglatmaydi. Universitetga qabul qiliş va viza beriş alohida jarayonlar hisoblanadi.
Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea: Koreyada taʼlim oliş | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi: viza talablari | Korea Visa Portal: viza maʼlumotlari | Hi Korea: immigratsiya va yaşaş tartibi
TOPIK (Test of Proficiency in Korean, 한국어능력시험) koreys tilini biliş darajasini baholovçi rasmiy imtihondir.
TOPIK sertifikati Koreyada oliy taʼlim muassasalariga kiriş, stipendiya oliş, öqiş davomida işlaş uçun ruxsat oliş, ayrim hollarda vizani uzaytiriş yoki viza turini özgartiriş hamda öqişni tamomlagandan keyin işga joylaşişda muhim ahamiyatga ega.
| Imtihon turi | Daraja | Til biliş darajasi |
|---|---|---|
| TOPIK I | 1–2 | Boşlanğiç |
| TOPIK II | 3–4 | Örta |
| 5–6 | Yuqori |
Sertifikatning amal qiliş muddati: imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab 2 yil.
| Imtihon şakli | Tavsifi |
|---|---|
| TOPIK PBT | Qoğoz şaklida topşiriladigan imtihon |
| TOPIK IBT | Kompyuter orqali topşiriladigan imtihon |
| TOPIK Speaking | Koreys tilida oğzaki nutq könikmalarini baholovçi alohida imtihon |
InoBiba tavsiyasi
Koreys tilida oliy taʼlim olişni rejalaştirayotgan bölsangiz, kamida TOPIK 4-darajaga, imkon qadar 5–6-darajaga erişişni maqsad qiling. Yuqori darajadagi til bilimi nafaqat universitetga kiriş va stipendiya oliş imkoniyatlarini kengaytiradi, balki maʼruzalarni tuşuniş, yozma topşiriqlarni bajariş va kelajakda işga joylaşişda ham katta yordam beradi.
Muhim eslatma: TOPIK imtihonini ötkaziş sanalari, yil davomidagi imtihonlar soni, imtihon şakllari va röyxatdan ötiş tartibi mamlakatga qarab farq qiladi. Universitetlarning til biliş darajasiga oid talablari ham bir xil emas.
Rasmiy maʼlumot manbalari: TOPIK: imtihon jadvali, röyxatdan ötiş va natijalar | Study in Korea: til biliş darajasiga oid talablar
Koreyada xorijiy talabalar uçun turli stipendiya dasturlari mavjud. Ular orasida Koreya hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan GKS dasturi hamda universitetlarning öz stipendiyalari keng tarqalgan. Uşbu imkoniyatlardan foydalaniş orqali öqiş tölovi va yaşaş xarajatlarini qisman yoki töliq qoplaş mumkin.
GKS Koreya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan va Milliy xalqaro taʼlim instituti (NIIED) tomonidan amalga oşiriladigan xalqaro stipendiya dasturidir.
Dastur xorijiy talabalarga Koreyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqiçlarida stipendiya asosida taʼlim oliş imkonini beradi. Stipendiya doirasida öqiş tölovi, koreys tili kursi, aviaçipta, yaşaş xarajatlari va boşqa belgilangan xarajatlar qoplanadi.
| Mezon | GKS-U (bakalavriat) | GKS-G (magistratura va doktorantura) |
|---|---|---|
| Yoş çegarasi | 25 yoşga tölmagan nomzodlar | Odatda 40 yoşga tölmagan nomzodlar |
| Maʼlumoti | Maktab, akademik litsey yoki tegişli taʼlim muassasasini tamomlagan yoki tamomlaş arafasidagi nomzodlar | Magistratura uçun bakalavr diplomi, doktorantura uçun magistr diplomi |
| Özlaştiriş körsatkiçlari | 100 ballik tizimda kamida 80 ball, eng yuqori natija körsatgan 20% öquvçi yoki talabalar qatorida böliş yoxud belgilangan GPA talabiga javob beriş | 100 ballik tizimda kamida 80 ball, eng yuqori natija körsatgan 20% talabalar qatorida böliş yoxud belgilangan GPA talabiga javob beriş |
| Öqiş tölovi | Semestriga 5 mln vongaça NIIED tomonidan moliyalaştiriladi. | Semestriga 5 mln vongaça NIIED tomonidan moliyalaştiriladi. |
| Koreys tili kursi | Odatda 1 yil | Odatda 1 yil |
| Moliyaviy yordam | 2027-yilgi dastur: til kursi davomida yiliga 13,56 mln von, oliy taʼlim davomida yiliga 14,4 mln von | 2026-yilgi dastur: til kursi davomida yiliga 14,4 mln von, oliy taʼlim davomida yiliga 16,56 mln von |
| Aviaçipta | Dastur şartlariga muvofiq qoplanadi. | Dastur şartlariga muvofiq qoplanadi. |
| Hujjat topşiriş davri | Odatda sentyabr–noyabr | Odatda fevral–mart |
Eslatma: stipendiya miqdori, yoş çegarasiga oid mezonlar, qabul kvotalari va boşqa talablar har yili yangilanişi mumkin. Ayrim dasturlarda koreys tili kursidan ozod etiliş imkoniyati ham mavjud.
GKS dasturiga hujjat topşirişning ikki asosiy yöli mavjud:
Nomzod va uning ota-onasi Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bölmasligi lozim. Faqat GKS dasturining tegişli yil uçun eʼlon qilingan röyxatiga kiritilgan universitet va taʼlim yönalişlariga hujjat topşiriş mumkin.
GKS dasturiga tayyorgarlik böyiça InoBiba tavsiyasi
2027-yilgi GKS-U dasturining elçixona orqali hujjat qabul qiliş muddati 2026-yil 30-sentyabrda yakunlangan. 2027-yilgi GKS-G dasturi böyiça qabul eʼloni esa 2027-yil fevral oyida çiqişi kutilmoqda.
Tanlovda iştirok etişni rejalaştirayotgan bölsangiz, quyidagi hujjatlarni oldindan tayyorlaşni boşlang:
TOPIK sertifikati köplab GKS dasturlariga hujjat topşirişda majburiy bölmasa-da, tanlov jarayonida ustunlik berişi mumkin. Şuningdek, akademik natijalar, puxta yozilgan öqiş rejasi va asosli tavsiyanomalar ham muhim ahamiyatga ega.
Koreyaning köplab universitetlari xorijiy talabalar uçun öz stipendiya dasturlariga ega. Uşbu stipendiyalar universitetga yangi qabul qilingan talabalar uçun ham, tahsil olayotgan talabalar uçun ham ajratilişi mumkin.
| Stipendiya turi | Ajratiş mezonlari |
|---|---|
| Yangi qabul qilingan talabalar uçun stipendiya | TOPIK yoki ingliz tilini biliş darajasi, avvalgi taʼlim bosqiçidagi baholar va qabul natijalari asosida belgilanadi. |
| Öqiş davomida ajratiladigan stipendiya | Odatda avvalgi semestrdagi akademik natijalar va universitetning içki talablariga asoslanadi. |
| Ilmiy tadqiqot stipendiyasi | Magistratura va doktorantura talabalariga ilmiy tadqiqot loyihalarida iştirok etiş asosida ajratilişi mumkin. |
| Maxsus stipendiyalar | Universitet, jamğarma, taşkilot yoki kompaniyalar tomonidan alohida mezonlar asosida ajratiladi. |
Ayrim universitetlarda xorijiy talabalar til biliş darajasi va akademik natijalariga qarab öqiş tölovining 30–100 foizi miqdorida stipendiya olişlari mumkin.
Muhim eslatma: universitet stipendiyasi har doim ham yaşaş, yotoqxona, aviaçipta va boşqa kundalik xarajatlarni qoplamaydi. Stipendiyaning amal qiliş muddati, qoplanadigan xarajatlar va keyingi semestrlarda uni saqlab qoliş şartlarini oldindan örganing.
Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea: GKS va boşqa stipendiya dasturlari | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi | tanlangan universitetning rasmiy sayti va xalqaro aloqalar bölimi.
Koreyada taʼlim oliş xarajatlari universitet, mutaxassislik, hudud va turar joy şaroitiga qarab farq qiladi. Quyidagi summalar moliyaviy reja tuziş uçun taxminiy körsatkiç sifatida keltirilgan.
| Xarajat turi | Taxminiy summa | Izoh |
|---|---|---|
| Koreys tili kursi | 1,5–1,9 mln von / 10 hafta | Yiliga odatda 4 ta öquv davri |
| Bakalavriat (davlat universiteti) | 2–3 mln von / semestr | Xususiy universitetlarga nisbatan arzonroq |
| Bakalavriat (xususiy universitet) | 3,5–5 mln von / semestr | Mutaxassislikka qarab farq qiladi. |
| Magistratura va doktorantura | 3–6 mln von / semestr | Stipendiya oliş imkoniyatlari mavjud. |
| Talabalar yotoqxonasi | 250–500 ming von / oy | Ovqatlaniş tölovga kiritilganligini tekşiring. |
| Ijara uyi (Seul) | 500–800 ming von va undan yuqori / oy | Garov puli va kommunal tölovlar alohida |
| Oylik yaşaş xarajatlari | 750 ming – 1 mln von va undan yuqori | Turar joy, oziq-ovqat, transport va aloqa |
| Tibbiy suğurta | Taxminan 79 ming von / oy | 2026-yilda tegişli imtiyoz qöllanilganda |
InoBiba tavsiyasi
Eslatma: Oylik yaşaş xarajatlariga turar joy xarajatlari ham kiritilgan.
Rasmiy manbalar: Study in Korea | Academy Info | NHIS
D-4-1 va D-2 vizasiga ega xorijiy talabalar belgilangan şartlar asosida öqişdan böş vaqtlarida işlaşlari mumkin. Ruxsat etilgan iş soatlari taʼlim bosqiçi, koreys tilini biliş darajasi, akademik natijalar va universitetning sertifikatlanganlik holatiga qarab belgilanadi.
Eng muhim qoida: iş boşlaşdan oldin universitetning tegişli bölimidan tasdiq va immigratsiya idorasidan işlaş uçun rasmiy ruxsat (시간제취업허가) oliş şart. Ariza körib çiqilayotgan vaqtda işlaş ham ruxsatsiz mehnat faoliyati hisoblanadi.
| Taʼlim dasturi | Til talabi | Til talabi bajarilmasa | Til talabi bajarilsa | Imtiyozli şartlarda |
|---|---|---|---|---|
| D-4-1: Til kursi | TOPIK 2 | 10 soat | 20 soat | Yöq |
| D-2: Kollej | TOPIK 3 | 10 soat | 25 soat | 30 soat |
| D-2: Bakalavriat (1–2-kurs) | TOPIK 3 | 10 soat | 25 soat | 30 soat |
| D-2: Bakalavriat (3–4-kurs) | TOPIK 4 | 10 soat | 25 soat | 30 soat |
| D-2: Magistratura va doktorantura | TOPIK 4 | 15 soat | 30 soat | 35 soat |
Jadvalda duşanbadan jumagaça ruxsat etiladigan haftalik iş soatlari keltirilgan. TOPIK örniga KIIP (사회통합프로그램) yoki Qirol Sejong instituti (세종학당) dasturlarining tegişli bosqiçlarini tamomlaganlik ham tan olinişi mumkin.
Iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini tuziş → universitetdan tasdiq oliş → Hi Korea orqali yoki immigratsiya idorasiga ariza topşiriş → rasmiy ruxsat oliş → iş boşlaş.
InoBiba tavsiyasi
Işga kirişdan yoki iş joyini özgartirişdan oldin universitetning xorijiy talabalar bilan işlaş bölimiga murojaat qiling. Ruxsatsiz işlaş jarima, vizani uzaytirişda muammolar va boşqa jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Muhim eslatma: Koreyada xorijiy talabalarning mehnat faoliyatiga oid qoidalar yangilanib bormoqda. Ayrim maxsus taʼlim dasturlarida qöşimça imtiyozlar mavjud.
Rasmiy manbalar: Study in Korea: işlaş tartibi | Hi Korea | Immigratsiya axborot markazi: 1345.
Koreyaga kelganingizdan söng qonuniy yaşaş, taʼlim oliş va kundalik hayotingizni yölga qöyiş uçun quyidagi masalalarga eʼtibor bering.
| Bajariladigan işlar | Muhim maʼlumotlar |
|---|---|
| Xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötiş (외국인등록) | Koreyaga kirgan kundan boşlab 90 kun içida röyxatdan ötiş va yaşaş kartasini (Residence Card) rasmiylaştiriş zarur. |
| Yaşaş manzilini özgartiriş (체류지 변경신고) | Yangi manzilga köçib ötgandan keyin 15 kun içida tegişli idoraga xabar beriş şart. |
| Milliy tibbiy suğurta (국민건강보험) | D-2 talabalari odatda xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötgan kundan, D-4-1 talabalari esa Koreyaga kirganidan 6 oy ötgaç suğurta tizimiga avtomatik ravişda aʼzo böladilar. Oylik suğurta badallarini öz vaqtida tölaş lozim. |
| Bank hisobi va mobil aloqa | Yaşaş kartasi olingaç, bank hisobini oçiş va telefon raqamini rasmiylaştiriş ança osonlaşadi. |
| Davomat va akademik natijalar | Darslarda muntazam qatnaşiş va yaxşi akademik natijalarni saqlaş vizani uzaytirişda muhim ahamiyatga ega. Til kursi talabalariga davomatni kamida 90 foiz darajasida saqlaş tavsiya etiladi. |
InoBiba tavsiyasi: Akademik taʼtilga çiqiş, universitetni almaştiriş yoki öqişni töxtatişdan oldin universitetning xalqaro aloqalar bölimi va immigratsiya idorasidan maslahat oling.
Rasmiy manbalar: Hi Korea | Study in Korea | NHIS: Milliy tibbiy suğurta xizmati
Immigratsiya masalalari böyiça maʼlumot markazi: 1345
Koreyada oliy taʼlimni tamomlagan xorijiy talabalar tegişli talablarga javob bergan taqdirda iş qidiriş, mutaxassisligi böyiça işlaş yoki uzoq muddat Koreyada yaşaş imkonini beruvçi viza turlariga ötişlari mumkin.
Koreya Adliya vazirligi tomonidan tanlangan universitetlarda fan va texnologiya yönalişlari böyiça magistratura yoki doktorantura bosqiçini tamomlagan iqtidorli mutaxassislar uçun möljallangan.
Universitet rektorining tavsiyasi asosida quyidagi imkoniyatlardan foydalaniş mumkin:
InoBiba tavsiyasi
Koreyada öqişni tamomlagandan keyin işlaş yoki uzoq muddat yaşaşni rejalaştirayotgan bölsangiz, bitirişdan kamida bir yil oldin tayyorgarlikni boşlang. Universitetning xalqaro aloqalar va işga joylaşişga kömaklaşiş bölimlaridan maslahat oling.
Rasmiy manbalar: Hi Korea | Study in Korea: Koreyada işlaş | K-STAR dasturi haqida maʼlumot
Ha. Universitet qoşidagi til markazida (D-4-1 vizasi) koreys tilini boşlanğiç darajadan örganişingiz, ingliz tilida olib boriladigan taʼlim dasturlariga hujjat topşirişingiz yoki GKS stipendiyasi doirasida koreys tili kursida tahsil olişingiz mumkin. Biroq kundalik hayot, öqiş davomida işlaş va kelajakda işga joylaşiş uçun kamida TOPIK 3–4-darajaga erişiş tavsiya etiladi.
Bu sizning boşlanğiç til biliş darajangiz, özlaştiriş surʼatingiz va universitetning qabul talablariga boğliq. Muntazam öqiş orqali taxminan bir yil (4 ta öquv davri) davomida TOPIK 3–4-darajaga erişiş mumkin. Ayrim universitetlar öz til markazlarida tahsil olgan nomzodlarga qabul jarayonida yoki öqiş tölovida imtiyozlar taqdim etadi.
Seulda işga joylaşiş, amaliyot ötaş va professional aloqalar örnatiş imkoniyatlari köproq bölişi mumkin. Biroq yaşaş xarajatlari ham odatda yuqoriroq. Seuldan taşqaridagi universitetlarda öqiş va yaşaş xarajatlari nisbatan arzonroq bölişi, şuningdek, qulay stipendiya imkoniyatlari mavjud bölişi mumkin. Universitet tanlaşda faqat joylaşuviga emas, balki taʼlim sifati, mutaxassislik va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlarga ham eʼtibor bering.
Quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor bering:
Uşbu talablarga javob beriş viza oliş imkoniyatini oşirişi mumkin, ammo viza berilişini kafolatlamaydi.
D-2 vizasiga ega talabalar tegişli talablarga javob bergan taqdirda turmuş örtoği va voyaga yetmagan, nikoh qurmagan farzandlarini F-3 (hamroh oila aʼzosi) vizasi orqali Koreyaga taklif qilişlari mumkin. D-4-1 vizasiga ega til kursi talabalari uçun hamroh oila aʼzolarini taklif qilişda qöşimça talablar va çeklovlar mavjud bölişi mumkin. Moliyaviy imkoniyat, turar joy va boşqa amaldagi talablarni oldindan tekşiriş zarur.
Rasmiy manbalar: Study in Korea | Hi Korea | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi
Koreyada taʼlim oliş, viza rasmiylaştiriş, stipendiyalar va yaşaş tartibiga oid işonçli hamda yangilangan maʼlumotlarni quyidagi rasmiy manbalardan olişingiz mumkin.
| Rasmiy sayt | Maʼlumotlar |
|---|---|
| Study in Korea | Koreyada taʼlim oliş, universitetlar, qabul talablari, GKS va boşqa stipendiyalar |
| Hi Korea | Viza muddatini uzaytiriş, viza turini özgartiriş, xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş, işlaş uçun ruxsat va elektron navbat |
| Korea Visa Portal | Viza turlari, talablar, ariza topşiriş tartibi va natijalar |
| TOPIK | Imtihon jadvali, röyxatdan ötiş, imtihon natijalari va sertifikatlar |
| Socinet (KIIP) | Ijtimoiy integratsiya dasturi, koreys tili va Koreya jamiyatiga oid kurslar |
| Academy Info | Universitetlar, öqiş tölovi, stipendiyalar va taʼlimga oid statistik maʼlumotlar |
| NHIS | Milliy tibbiy suğurta tizimi, suğurta badallari va xizmatlar |
| Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi | Özbekiston fuqarolari uçun viza talablari, GKS tanlovlari va rasmiy eʼlonlar |
☎ 1345: Xorijiy fuqarolar uçun axborot markazi
Viza, immigratsiya va Koreyada yaşaş tartibiga oid masalalar böyiça köp tilli maslahat xizmati.
InoBiba eslatmasi
Uşbu qöllanma Koreyada taʼlim olişni rejalaştirayotganlarga umumiy maʼlumot beriş va tayyorgarlik jarayonida yöl-yöriq körsatiş maqsadida tayyorlangan.
Universitetga qabul talablari, viza qoidalari, stipendiya şartlari va tölovlar vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin. Şu sababli hujjat topşiriş yoki muhim qarorlar qabul qilişdan oldin tegişli rasmiy manbalardagi amaldagi maʼlumotlarni tekşirişingizni tavsiya etamiz.
InoBiba rasmiy taʼlim yoki immigratsiya organi hisoblanmaydi. Saytdagi maʼlumotlar individual huquqiy yoki viza maslahati örnini bosmaydi.